Қорилар мусобақасига марҳамат!
Ташкилотчилар мусобақага Қуръони карим мухлисларини, барча ихлосманд эркаклар ва аёлларни таклиф этадилар.
Масжид манзили: Тошкент шаҳар Шайхонтоҳур тумани Янгиобод маҳалласи Камолон кўчаси, 71-уй
* * *
2013 yil 18 sentyabr kuni Toshkent shahrining “Kamolon” dahasida joylashgan “Xo‘ja Alambardor” jome masjidida XXIV Respublika qorilar ko‘rik – tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkaziladi.
Musobaqada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ta’lim muassasalari hamda Toshkent islom universiteti talaba va tolibalari ishtirok etadi.
Musobaqa soat 09:00 da boshlanib, peshin namoziga qadar davom etadi. Peshin namozidan so‘ng 13:30 da tortiq etiladigan Qur’oni karim ziyofat dasturxoniga mehmonlar taklif etiladi. Ziyofatdan so‘ng musobaqa asr namozigacha davom etadi.
Musobaqa ikki yo‘nalishda o‘tkaziladi:
1. Murattab qori va qoriyalar.
2. Mujavvid qori va qoriyalar.
Tashkilotchilar musobaqaga Qur’oni karim muxlislarini, barcha ixlosmand erkaklar va ayollarni taklif etadilar.
Masjid manzili: Toshkent shahar Shayxontohur tumani Yangiobod mahallasi Kamolon ko‘chasi, 71-uy