2015 йил учун закот, фитр ва фидя нисоблари белгиланди
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi 2015 yil (hijriy 1436 yil) uchun zakot, fitr sadaqa va fidya nisoblarini e’lon qildi. Qarorga ko‘ra, joriy yil uchun zakot nisobi 7 140 000 so‘m, fitr sadaqasi 3200 so‘m, fidya miqdori 10000 so‘m etib belgilandi.
Ushbu qarorga ko‘ra:
1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining milodiy 2015 yil (hijriy 1436 yil) uchun ZAKOT nisobi 1 gr. tilloning bugungi kundagi bozordagi o‘rtacha narxi 84.000 (sakson turt ming) so‘m ekanligini e’tiborga olib, 85 gr. tillo hisobidan zakot nisobi 7.140.000 (Yetti million bir yuz qirq ming) so‘m ekanligi va mazkur summadan qirqdan bir hissasi, ya’ni 178.500 (bir yuz yetmish sakkiz ming besh yuz) so‘m zakot chiqarish to‘g‘risidagi xulosasi ma’qullandi.
2. Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kg. bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilandi. Masalan 2015 yilda Toshkent shahar bozorida 1 kg. bug‘doyning narxi o‘rtacha 1.600 so‘m bo‘lsa, demak 2 kg. bug‘doy narxi 3.200 so‘m bo‘ladi.
3. Bu yilgi Fidya miqdori bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 10.000 (o‘n ming) so‘m deb belgilandi.
2014 yilda zakot nisobi 6 800 000 so‘m, fitr sadaqasi 2000 so‘m, fidya miqdori 12000 so‘m edi. 2013 yilda zakot nisobi 8 000 000 so‘m, fitr sadaqasi 3000 so‘m, fidya miqdori 8000 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2012 yilgi zakot nisobi 9 000 000 so‘m, fitr sadaqasi 3000 so‘m, fidya miqdori 6000 so‘m etib belgilangan edi.